So'nggi yangiliklar
ENG KO‘P SUV ISTE’MOL QILUVCHI 5 TA MAMLAKAT
• Hindiston ≈ yiliga 761 milliard m³Dunyo aholisining 18% va suv resurslarining taxminan 4% Hindistonga to‘g‘ri keladi. Mamlakatda suv resurslarining 80% qishloq xo‘jaligida ishlatiladi. Suv zaxiralarining katta qismi borish qiyin bo‘lgan joylar – 4000 metrdan baland bo‘lgan Himolay tog‘larining cho‘qqilarida joylashgan.
• Xitoy ≈ yiliga 601,6 milliard m³
Xitoy dunyo aholisining beshdan bir qismiga egalik qiladi, ammo u dunyodagi chuchuk suv resurslarining atigi 7% ga ega. O‘rtacha har bir kishiga yiliga 116 000 litr suv sarflaydi. Mamlakat suv resurslarining taxminan 85% qishloq xo‘jaligi sohasida ishlatiladi. 2035 yilga kelib, Xitoy sanoat ehtiyojlarini qondirish uchun zaxiralarini besh baravar oshirishi kerak bo‘ladi.
• Qo‘shma Shtatlar ≈ yiliga 444,3 milliard m³
Bir necha o‘n yillar davomida Qo‘shma Shtatlar dunyodagi eng yirik suv iste’molchilari qatorida bo‘lib kelgan. Nyu-York shahrining o‘zi har kuni taxminan bir million litr suv ishlatadi. Qo‘shma Shtatlarda iste’mol qilinadigan suvning chorak qismi atigi to‘rtta shtat: Kaliforniya, Texas, Aydaho va Florida tomonidan iste’mol qilinadi.
• Indoneziya ≈ yiliga 222,6 milliard m³
Indoneziyada iste’mol qilinadigan suvning 70% qishloq xo‘jaligida ishlatiladi. Mamlakatda ulkan suv zaxiralari mavjud bo‘lsa-da, uning katta qismi yer usti va yer osti suvlarining ifloslanishi tufayli iste’mol qilish uchun yaroqsiz.
• Pokiston ≈ yiliga 183,5 milliard m³
Indoneziya singari, Pokiston ham suvining taxminan 70% ni qishloq xo‘jaligi uchun ishlatadi. Bu mintaqada suv tanqisligi xavotirli darajaga yaqinlashmoqda.
Internet materiallari asosida O‘zJOKU 1-kurs talabasi M.Normaxmatova tayyorladi.
Veb-saytimiz faoliyatini baholang
Ma'lumotlar jadvali
| « Май 2026 » | ||||||
|---|---|---|---|---|---|---|
| Пн | Вт | Ср | Чт | Пт | Сб | Вс |
| 1 | 2 | 3 | ||||
| 4 | 5 | 6 | 7 | 8 | 9 | 10 |
| 11 | 12 | 13 | 14 | 15 | 16 | 17 |
| 18 | 19 | 20 | 21 | 22 | 23 | 24 |
| 25 | 26 | 27 | 28 | 29 | 30 | 31 |
Yil dasturi
Ma'lumotlar arxivi
Март 2026 (1)
Февраль 2026 (2)
Январь 2026 (2)
Декабрь 2025 (4)
Октябрь 2025 (1)
Октябрь 2021 (1)
