So'nggi yangiliklar

KASB BAYRAMINGIZ MUBORAK BO‘LSIN!

Bu yil paxta va g‘alladan ulkan xirmonlar yaratildi, meva-sabzavot, sholi, poliz ekinlaridan mo‘l hosil olindi. Bunda aziz suvchilarimizning ham munosib hissasi bor.
Hurmatli Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev rahbarligida sohani tubdan isloh qilish, suvdan tejamkorlik bilan foydalanishga qaratilgan keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilayapti. 
Prezidentimiz xalqaro minbarlarda mamlakatimizda Suvni tejash bo‘yicha butunjahon forumini o‘tkazish, 2026–2036 yillarni “Markaziy Osiyoda suvdan oqilona foydalanish bo‘yicha amaliy harakatlar o‘n yilligi” deb e’lon qilish tashabbuslarini bildirdi.
O‘zbekiston Respublikasida suv resurslarini boshqarish va irrigatsiya sektorini rivojlantirishning 2025–2028 yillarga mo‘ljallangan dasturi tasdiqlandi, Suv kodeksi qabul qilindi.
Davlatimiz rahbari O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi xodimlariga yo‘llagan tabrigida qishloq xo‘jaligining taqdiri va kelajagi – butun mamlakatimizning taqdiri va kelajagi ekanligini ta’kidladilar.
Shu bilan birga, erishilgan raqam va ko‘rsatkichlar ortida dehqon va fermerlarimiz, klasterlar, umuman, qishloq va suv xo‘jaligi sohasida jonbozlik ko‘rsatayotgan har bir insonning mehnati, jasorati, fidoyiligi mujassamligini e’tirof etdilar. 
Albatta, fidokorona mehnat qilgan hamkasblarimiz Prezident Farmoniga binoan “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan irrigator” faxriy unvoni, “Mehnat shuhrati” ordeni, “Do‘stlik” ordeni, “Jasorat” medali, “Shuhrat” medali bilan taqdirlandi.
Suvchilar mehnatiga berilgan yuksak baho barchamizni behad quvontirdi va yangi marralar sari ruhlantirdi.
Shuningdek, bir guruh faol hamkasblarimiz “Suv xo‘jaligi a’lochisi” ko‘krak nishoni bilan mukofotlandi.
Jamoalarda bayram ruhi fayz berib turgan shu kunlarda oldimizda kuzgi-qishki tadbirlar, kelgusi yil sug‘orish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rishdek mas’uliyatli vazifalar turibdi.
Ishonamanki, suvchilarimiz hamjihatlik, g‘ayrat-shijoat bilan qo‘yilgan marralarga erishadilar va bildirilgan yuksak ishonchni oqlaydilar.
Suv xo‘jaligining barcha xodimlarini, ularning oila a’zolari va yaqinlarini kasb bayrami bilan qutlab, jonajon yurtimizning farovonligi yo‘lidagi ezgu va savobli faoliyatida ulkan yutuqlar tilayman.
Suvimiz mo‘l va barakali bo‘lsin!
 
Shavkat Xamrayev,
O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vaziri

Veb-saytimiz faoliyatini baholang




Ma'lumotlar jadvali


«    Май 2026    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031

Yil dasturi




Ma'lumotlar arxivi


Март 2026 (1)
Февраль 2026 (2)
Январь 2026 (2)
Декабрь 2025 (4)
Октябрь 2025 (1)
Октябрь 2021 (1)