So'nggi yangiliklar

SUV XO‘JALIGI XODIMLARIGA

YANGI YIL BAYRAMI TABRIGI
Assalomu alaykum!
Savobli kasb egalari bo‘lgan suv xo‘jaligi xodimlari, ularning oila a’zolari, butun xalqimizni kirib kelayotgan quvonchli va shukuhli ayyom – Yangi yil bayrami bilan samimiy tabriklayman.
 
Suv – eng ulug‘ ne’mat.
Hurmatli Prezidentimiz Murojaatnomada islohotlarimizning ilk kunlaridanoq suvdan oqilona foydalanish davlat siyosati darajasiga olib chiqilganini e’tirof etdi.
 
Joriy yilda mln 300 mingga yaqin aholining suv ta’minoti yaxshilangani yoki 867 ta mahalladagi 470 mingta xonadonga tomorqalarni sug‘orish uchun ilk bor suv yetib borgani ta’kidlandi.
 
Prezidentimiz qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasida suv resurslarini boshqarish va irrigatsiya sektorini rivojlantirishning 2025-2028-yillarga mo‘ljallangan dasturi qabul qilindi.
 
Dastur doirasida suvni tejaydigan texnologiyalar qamrovi 61 foizga yoki 2,6 mln gektarga yetkazildi.
 
2025-yilda trln 706 mlrd so‘m mablag‘lar hisobiga
788 km kanallar, 147 km sug‘orish tarmoqlari, 10 ta nasos stansiyasi,
329 km kollektor-drenaj tarmoqlarini qurish va rekonstruksiya qilish ishlari bajarildi.
 
Ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida 10 mlrd kub metr suv iqtisod qilindi.
 
Yaratganning inoyati bilan yog‘ingarchiliklar bo‘lib, yil oxirida suv omborlaridagi zaxiralar sezilarli darajada ko‘paydi. Suvdan foydalanishga strategik maqsadlarimiz bo‘yicha yondashib, qish va bahor mavsumida suv omborlariga zarur miqdordagi obi hayotni yig‘ib olish choralarini ko‘ramiz.
 
Murojaatnomada 2026-yilda 1,3 ming km yirik magistral kanallar beton bilan qoplanishi, buning uchun budjetdan 3 trln so‘m sarflanishi ta’kidlandi.
 
Kelgusi yil yakuniga qadar 503 ming gektarda suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etishga 3,3 trln so‘m yo‘naltiriladi.
 
12 mlrd kub metr suv iqtisod qilinib, ekin maydonlari va aholi tomorqalarida qo‘shimcha oziq-ovqat mahsulotlari yetishtirish uchun yetkazib beriladi.  
 
Shu bilan birga, har bir kanal, nasos stansiyasi, har bir ob’ekt kesimida kuzgi-qishki tadbirlarni sifatli olib borish, yangi sug‘orish mavsumiga tayyorgarlikni to‘liq yakuniga yetkazish, sohani raqamlashtirishni izchil davom ettirish, DXSh loyihalarini kengaytirish, “Yashil makon” bo‘yicha oldimizga o‘ta mas’uliyatli vazifalar qo‘yilgan.
 
Suvchilarimiz bir yoqadan bosh chiqarib, bir jonu bir tan bo‘lib, bildirilgan yuksak ishonchni oqlashlariga ishonaman.
 
Barchangizni yana bir bor Yangi yil bilan tabriklayman. Sog‘lik-salomatlik, oilaviy baxt tilayman.
 
Yurtimiz tinch, suvimiz mo‘l va barakali bo‘lsin.
2026-yil xayrli, fayzli kelsin!
                       
Shavkat Xamrayev,
Suv xo‘jaligi vaziri
 2025-yil 30-dekabr

Veb-saytimiz faoliyatini baholang




Ma'lumotlar jadvali


«    Май 2026    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031

Yil dasturi




Ma'lumotlar arxivi


Март 2026 (1)
Февраль 2026 (2)
Январь 2026 (2)
Декабрь 2025 (4)
Октябрь 2025 (1)
Октябрь 2021 (1)