So'nggi yangiliklar
MATBUOT ANJUMANI O‘TKAZILDI

Xabaringiz bor, kecha Toshkentda Xalqaro suv hamkorligi va O‘zbekiston Respublikasining suv qonunchiligini takomillashtirishga bag‘ishlangan konferensiya bo‘lib o‘tdi.Konferensiya yakunida ommaviy axborot vositalari vakillari uchun matbuot anjumani o‘tkazildi.
Unda Suv xo‘jaligi vazirining birinchi o‘rinbosari Zokir Ishpulatov va tadbir tashkilotchilari ishtirok etdi.
Ta’kidlandiki, konferensiya O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi tomonidan Osiyo taraqqiyot banki (ABR), Jahon banki, Shveytsariya taraqqiyot va hamkorlik agentligi (SDC) va boshqa donorlar bilan birgalikda tashkil etildi.
Unda vazirlik va idoralar, ilmiy doiralar vakillaridan 200 nafardan ziyod, xalqaro tashkilotlar, diplomatik missiyalar, tadqiqot markazlaridan 40 nafarga yaqin ishtirokchi qatnashdi. Respublikamizning barcha hududlaridan suv xo‘jaligi mutaxassislari onlayn tarzda konferensiya ishini kuzatib bordi.
Konferensiyada O‘zbekiston Respublikasida suv resurslarini boshqarish va irrigatsiya sektorini rivojlantirishning 2025–2028 yillarga mo‘ljallangan dasturini amalga oshirish masalalari muhokama qilindi. Suvdan foydalanish samaradorligini oshirish, sohani barqaror moliyalashtirish va aholining toza ichimlik suvi bilan ta’minlash, sanitariya xizmatini takomillashtirishga qaratilgan qo‘shma loyihalarni muvofiqlashtirish masalalariga qaratildi.
Matbuot anjumanida O‘zbekiston Respublikasi Suv kodeksining xalqaro tashkilotlar vakillari uchun o‘tkazilgan taqdimoti haqida savol kelib tushdi. Ta’kidlandiki, ushbu hujjat chuqur tahlil, ko‘p yillik maslahatlar va ilg‘or xalqaro tajribalarni o‘rganish asosida ishlab chiqilgan. Kodeks suv resurslaridan barqaror foydalanish, shaffoflik va samarali boshqaruvni ta’minlash, suv ekotizimlarini muhofaza qilish uchun zamonaviy huquqiy asos yaratadi. Shu bilan birga, XXI asrning global chaqiriqlariga javob beruvchi integratsiyalashgan va ilmiy asoslangan boshqaruv modelini joriy etishga xizmat qiladi.
Vazirning birinchi o‘rinbosari xalqaro ekspertlar O‘zbekistonning Suv kodeksiga yuqori baho berganligini aytib o‘tdi.
Matbuot anjumanida OAV vakillarining barcha savollariga savob berildi.
Axborot xizmati
Veb-saytimiz faoliyatini baholang
Ma'lumotlar jadvali
| « Май 2026 » | ||||||
|---|---|---|---|---|---|---|
| Пн | Вт | Ср | Чт | Пт | Сб | Вс |
| 1 | 2 | 3 | ||||
| 4 | 5 | 6 | 7 | 8 | 9 | 10 |
| 11 | 12 | 13 | 14 | 15 | 16 | 17 |
| 18 | 19 | 20 | 21 | 22 | 23 | 24 |
| 25 | 26 | 27 | 28 | 29 | 30 | 31 |
Yil dasturi
Ma'lumotlar arxivi
Март 2026 (1)
Февраль 2026 (2)
Январь 2026 (2)
Декабрь 2025 (4)
Октябрь 2025 (1)
Октябрь 2021 (1)
